Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Asosiy stavka 14 foizda qoldi: omonat va kreditlarga bu qanday ta’sir qiladi?

1 daqiqa 20.2K
Ulashish
Asosiy stavka 14 foizda qoldi: omonat va kreditlarga bu qanday ta’sir qiladi?

Markaziy bank boshqaruvi 4 noyabr kuni asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Stavka 2025 yil martidan beri shu darajada turibdi.

Yig‘ilishda ikkita variant ko‘rib chiqilgan: stavkani 14 foizda qoldirish yoki 13,5 foizgacha pasaytirish. Boshqaruv a’zolarining ko‘pchiligi birinchisini qo‘lladi.

Nima uchun o‘zgarmadi?

⏺sentyabrda yillik inflyatsiya 6,4 foiz, bazaviy inflyatsiya 5,5 foiz bo‘ldi;
⏺yanvar–sentyabrda iqtisodiy o‘sish 8,3 foizga yetdi;
⏺jahon bozorida oziq-ovqat va energiya narxlari o‘zgaruvchan, ichki talab esa yuqori.

Shu bois regulyator 2026 yil yakuni uchun inflyatsiya prognozini 7 foiz atrofiga ko‘tardi. 5 foizlik maqsadga 2027 yil oxirida qaytish kutilmoqda.

Omonatchi uchun nima o‘zgaradi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka yanvardagi 20,6 foizdan avgustda 18,4 foizgacha tushdi. Banklar 18 foizdan yuqori omonatlarni tobora kam taklif qilmoqda.

Ammo stavka hamon inflyatsiyadan ancha yuqori. Achilovning aytishicha, real stavka qariyb 7 foiz, neytral daraja esa 5 foiz atrofida.

Kredit oluvchi uchun-chi?

Bank bir yil ichida kreditlarning o‘rtacha stavkasi qariyb 2–3 foiz bandiga pasayganini qayd etdi. Lekin mikrokreditlar va garovsiz qisqa muddatli qarzlar hamon qimmat.

Uch ehtimoliy stsenariy (bizning tahlilimiz):

⏺Bazaviy — stavka 14 foizda qoladi, omonat va kredit stavkalari sekin pasayishda davom etadi;
⏺Xatarli — inflyatsiya 7 foizdan oshadi, qat’iy siyosat uzoqroq saqlanadi, kreditlar arzonlashmaydi;
⏺Yumshoq — narxlar o‘sishi sekinlashadi, 2027 yildan stavkani pasaytirish imkoni paydo bo‘ladi.

Regulyator yaqin 3–4 yilda asosiy stavka, kredit va omonat stavkalari pasayishini kutmoqda. Demak, yuqori foizli omonatlar muddatini rejalashtirishda shuni hisobga olgan ma’qul.

Keyingi yig‘ilish — 16 dekabr kuni.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid