BanklarMuhim
Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi
Markaziy bank tijorat banklariga sud qarori chiqqan kreditlarni 10 dekabrgacha tekshirib chiqishni topshirdi.
Sud kredit qarzini undirish haqida qaror chiqarsa, qarorda ko‘rsatilgan summaga yangi foiz, penya yoki jarima qo‘shilmaydi.
Endi banklar sud qaroridan keyin qonunga zid hisoblangan foiz, penya va jarimalarni bekor qilishi kerak.
Har bir bank 25 dekabrgacha qanday chora ko‘rgani va mijozlarga qancha pul qaytargani haqida Markaziy bankka hisobot berishi kerak.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



