Akmal Mansurov Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Tegishli qaror 12 noyabr kuni bankning Kuzatuv kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.
Akmal Shuhratovich Mansurov 1982 yilda tug‘ilgan bo‘lib, bank tizimida 20 yildan ortiq tajribaga ega.
Tizimda mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zsanoatqurilishbankda boshlab, 2018 yilgacha ushbu bankning turli lavozimlarida ishlagan.
2024 yilning fevral oyida Asia Alliance Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlangan va 2026 yilning yanvar oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni Apex Bank boshqaruvini Olga Numanova hamda Sharof Ikromov tark etgandi.
Numanova bankda boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi, Ikromov esa boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Yana o‘qing


Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi
