Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

UzAuto Motors joriy yilda Cobalt ishlab chiqarishni 4 foizga oshirgan

1 daqiqa 20K
Ulashish
UzAuto Motors joriy yilda Cobalt ishlab chiqarishni 4 foizga oshirgan

UzAuto Motors kompaniyasi joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida 120 ming 672 dona Cobalt ishlab chiqardi.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 ming 664 donaga yoki 4 foizga ko‘p.

Ushbu davrda O‘zbekistonda jami 356 ming 318 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning qariyb 34 foizi Cobalt hissasiga to‘g‘ri keladi.

Boshqacha aytganda, mamlakatda ishlab chiqarilgan har uchta avtomobilning biri Cobalt bo‘lgan.

Biroq ushbu to‘qqiz oyda uning qanchasi sotilgani haqida statistika hozircha e’lon qilinmagan.

Yarim yillik ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarilgan har ikkita Cobalt avtomobilidan bittasi sotilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu davrda UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi qariyb 2 barobarga kamaygan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid