Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

UzAuto Motors rahbariyatini olti kishi tark etdi

1 daqiqa 17.3K
Ulashish
UzAuto Motors rahbariyatini olti kishi tark etdi

12 noyabr kuni UzAuto Motors aktsiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazib, kuzatuv kengashi tarkibini yangiladi.

Kengashning amaldagi barcha a’zolari vakolatlari muddatidan oldin tugatilib, to‘qqiz kishidan iborat yangi tarkib saylandi.

Yangilangan tarkibga UzAuto Motors tizimidagi kompaniyalar bilan bog‘liq ikki nafar vakil qayta saylangan.

Ular — UzAuto PV bosh direktori maslahatchisi Ilhomjon Tagayev hamda UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Saidazim Gulyamovdir.

Avvalgi tarkibdan Bahrom Axunov, Nozimjon Nabiyev, Qudratjon Baymirzayev, Robert Valter Gayst, Shariq Vali Xon va Filip Kemeron Jonston chiqarilgan.

Yangi saylangan a’zolardan Serjio Rocha hamda Vlamir Jiardini General Motors kompaniyasida sakkiz yil davomida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, yangi tarkibga Bekzod Yusupov, Andrey Dikan, Saidjon Qodirov, Serjio Rocha, Vlamir Jiardini hamda Uilyam Bertangi kengash a’zoligiga kiritildi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid