Sirdaryoda yil boshidan beri qariyb 1 trln so‘mlik tenderlarda qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyatida so‘nggi uch yilda o‘tkazilgan davlat xaridlarini o‘rganib chiqdi.
Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich qiymati 942 mlrd so‘mlik 510 ta tenderda qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Qonunbuzilishlar ayrim ishtirokchilarga imtiyozlar berish, affillanganlik hamda takliflarni noto‘g‘ri baholash bilan bog‘liq.
So‘nggi uch yilda jami 1 745 ta qonunbuzilish holati qayd etilgan.
Ular yuzasidan 50 dan ortiq mansabdor shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



BANKIR
Tadbirkorlik rivojlanmoqda: bank xizmatlari bu sur’atga moslashyaptimi?