Tadbirkorlik rivojlanmoqda: bank xizmatlari bu sur’atga moslashyaptimi?
TBC Uzbekistan ekotizimiga olti yil to‘ldi. Bu davrda raqamli bank xizmatlari jismoniy shaxslar orasida keng ommalashdi. Endi ekotizim kichik va o‘rta biznes vakillari uchun ham xizmatlarini rivojlantirmoqda. Bu yo‘nalishdagi asosiy yechimlardan biri – TBC Biznes.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning 85 foizini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etadi. Demak, tadbirkorlar uchun kundalik bank yumushlarini yengillashtiradigan raqamli xizmatlarga ehtiyoj katta.
TBC Biznes ilovasi orqali tadbirkorlar hisobvaraq ochishi, yetkazib beruvchilarga pul o‘tkazishi, soliqlarni to‘lashi va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun bankka borish shart emas, barcha jarayonlar ilova orqali bajariladi.
Yagona QR-kod orqali savdo nuqtasi yoki ofisda mijozlardan to‘lov qabul qilish ham mumkin. Bunday yechimlar tadbirkorning vaqtini tejaydi va biznesni boshqarishni osonlashtiradi.
Kichik va o‘rta biznes o‘sgan sari unga mos bank xizmatlariga bo‘lgan talab ham ortib boradi. Shu jihatdan, raqamli yechimlarni rivojlantirish banklar uchun muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
TBC Uzbekistan jamoasini yubiley bilan tabriklaymiz. Bankka raqamli xizmatlarini yanada rivojlantirib, tadbirkorlar uchun qulay yechimlar yaratishda muvaffaqiyat tilaymiz.
Yana o‘qing



