Komissiyasiz o‘tkazmalar: Qaysi ilovalarda bepul limit katta?

Ayni paytda aksariyat banklar va to‘lov ilovalarida kartadan kartaga o‘tkazmalar uchun komissiya 0,5-1 foizni tashkil qilmoqda. Ammo mijozlarni jalb qilish uchun ko‘plab ilovalarda oyiga ma’lum bepul limit takliflari mavjud.
Ilovalar bo‘yicha oylik bepul limitlar:
— Alliance Pay ilovasi — 10 mln so‘mgacha;
— “Anorbank” ilovasi — 6 mln so‘mgacha;
— “Mikrokreditbank”ning Mavrid ilovasi — 5 mln so‘mgacha;
— “Milliy bank”ning Milliy ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— SelloPay ilovasi — 3 mln so‘mgacha;
— Alif ilovasi — 1 mln so‘mgacha.
Shu tariqa bu ilovalar orqali umumiy 43 mln so‘mni istalgan kartadan istalgan kartaga foizsiz o‘tkazish mumkin.
Uzum Bank Uzum kartasi orqali oyiga 100 mln so‘mgacha bepul o‘tkazma imkonini beradi. Ammo bu shartlar aktsiyalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Deyarli barcha banklarda Humo’dan Humo'ga o‘tkazmalar bepul hisoblanadi. Shaxsiy bank kartalaringiz o‘rtasidagi o‘tkazmalar ham ko‘pincha foizsiz amalga oshadi.
Yana o‘qing



