Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

To‘lov ilovalarida pul o‘tkazmalari va ro‘yxatdan o‘tish qoidalari o‘zgardi

1 daqiqa 17.5K
Ulashish
To‘lov ilovalarida pul o‘tkazmalari va ro‘yxatdan o‘tish qoidalari o‘zgardi

16 noyabrdan Markaziy bankning to‘lov ilovalaridan foydalanish xavfsizligiga oid yangi talablari kuchga kirdi.

P2P pul o‘tkazmalari bo‘yicha

Endilikda banklar va to‘lov tashkilotlari SMS kodsiz yuborish mumkin bo‘lgan pul o‘tkazmasi miqdorini o‘zlari belgilaydi.

Belgilangan limitdan yuqori pul o‘tkazmalari SMS kod yoki boshqa usul orqali tasdiqlanadi.

SMS kodsiz o‘tkazilgan pullar bilan bog‘liq firibgarlik uchun bank yoki to‘lov tashkiloti javobgar bo‘ladi.

Ilovada ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha

Ro‘yxatdan o‘tishda yuzni tanish orqali shaxsni tasdiqlash talab etiladi.

Telefon raqami yaqin qarindosh nomida bo‘lsa ham, qarindoshlik tasdiqlanganidan keyin ilovada ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Parolni tiklash yoki boshqa telefondan akkauntga kirishda ham yuz orqali shaxsni tasdiqlash kerak bo‘ladi.

Bank kartasini ilovaga biriktirishda esa endi SMS kodning o‘zi yetarli, biometrik tasdiqlash talab qilinmaydi.

Boshqa telefondan kirilganda

Agar foydalanuvchi akkauntiga boshqa telefondan kirsa yoki parolini tiklasa, ilovaga biriktirilgan kartalar vaqtincha nofaol holatga o‘tadi. Ularni SMS kod orqali qayta faollashtirish mumkin.

Shuningdek, telefonda zararli dastur yoki masofadan boshqarish holati aniqlansa, bank mijozga SMS va PUSH xabar orqali ogohlantirish yuboradi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid