Apple Pay xizmati milliy kartalarda ham ishlay boshladi

UZCARD va HUMO milliy to‘lov tizimlari kartalarini Apple Pay xizmatiga ulash imkoniyati yaratildi.
Hozircha xizmatga Xalq Banki chiqargan UZCARD hamda Octobank chiqargan HUMO kartalarini ulash mumkin.
Kelgusida boshqa banklar chiqargan milliy kartalarni ham xizmatga ulash imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, bu banklar va to‘lov tizimlarining texnik tayyorgarligiga bog‘liq.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



