Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Banklarning antivirus tizimi oktyabr oyida qanday natija ko‘rsatdi?

1 daqiqa 19K
Ulashish
Banklarning antivirus tizimi oktyabr oyida qanday natija ko‘rsatdi?

O‘zbekistonda bank mijozlarini kiberjinoyatlardan himoya qilish maqsadida antivirus tizimi joriy etilgan.

Mazkur tizim mijozlarning telefoni yoki boshqa qurilmalaridagi zararli dasturlarni aniqlaydi.

Masalan, telefonga bank ilovasi orqali ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin bo‘lgan virus tushgan bo‘lsa, tizim uni aniqlab, qurilmani tozalashi yoki bank ilovasidan foydalanishni cheklashi mumkin.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil oktyabr oyida antivirus tizimi orqali 257 mingta qurilma zararli dasturlardan tozalangan.

Shuningdek, 220 ming 316 nafar foydalanuvchining bank ilovalaridan foydalanishi cheklangan.

Qurilmalarni tozalash bo‘yicha Xalq Banki (80 mingta), foydalanishni cheklash bo‘yicha esa Hamkorbank (70 mingta) birinchi o‘rinda qayd etilgan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid