Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Banklarda salkam 2 trln so‘mlik operatsiyalar firibgarlik xavfi sababli cheklandi

1 daqiqa 18.2K
Ulashish
Banklarda salkam 2 trln so‘mlik operatsiyalar firibgarlik xavfi sababli cheklandi

O‘zbekistonda bank mijozlarining pullarini raqamli firibgarlikdan himoya qilish maqsadida antifrod tizimi joriy etilgan.

Mazkur tizim bank operatsiyalarini xavf darajasi bo‘yicha tahlil qiladi va firibgarlik xavfi yuqori deb baholangan operatsiyalarni cheklaydi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil oktyabr oyida banklarda ushbu tizim orqali 3 mln 860 mingga yaqin yuqori xavfli holat aniqlangan.

Mazkur operatsiyalar doirasida jami 1 trln 687 mlrd so‘m mablag‘ning chiqib ketishi cheklangan.

Cheklangan mablag‘lar miqdori bo‘yicha Orient Finans Bank birinchi o‘rinda qayd etilgan — 636 mlrd so‘m.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid