WB Taxi taksi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida WB Taxi taksi agregatori ustun mavqega ega raqamli platforma deb e’tirof etildi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, kompaniyada monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilib, uning faoliyati monitoring qilib boriladi.
Bu ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, WB Taxi raqobatchisi bo‘lgan Yandex platformasiga ushbu maqom 2024 yilda, Uklon xizmatiga esa joriy yilning 29 oktyabr kuni berilgan.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



BANKIR
Tadbirkorlik rivojlanmoqda: bank xizmatlari bu sur’atga moslashyaptimi?