Markaziy bank oktyabr oyida 6 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi oktyabr oyidagi faoliyati bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.
Qo‘mita oy davomida 6 marta yig‘ilish o‘tkazib, jami 43 ta masalani ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgan.
Ushbu oyda 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima choralari qo‘llanilgan.
Bunga belgilangan talablar buzilgani va tekshiruvlarda qonunbuzarliklar aniqlangani sabab bo‘lgan.
Yana 1 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora hamda sanktsiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



BANKIR
Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi