Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Jahon banki Samarqand viloyatidagi tibbiy yordam xizmatini yaxshilashga 100 mln dollar ajratadi

1 daqiqa 1.7K
Ulashish
Jahon banki Samarqand viloyatidagi tibbiy yordam xizmatini yaxshilashga 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand viloyatida birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirishga 100 mln dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Mablag‘lar 400 dan ortiq oilaviy poliklinikani modernizatsiya qilish, tibbiyot xodimlarini o‘qitish va raqamli sog‘liqni saqlash tizimini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha doirasida 6 400 nafardan ortiq tibbiyot xodimini, jumladan, 1 250 nafar shifokor va 5 000 nafar hamshirani o‘qitish hamda sertifikatlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyatdagi 330 ming nafar katta yoshli aholini yurak-qon tomir kasalliklari xavfi bo‘yicha skriningdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 525 mln dollarni tashkil etib, 2028 yilning dekabr oyigacha davom etadi.

Mablag‘ning 100 mln dollari Jahon banki krediti, qolgan qismi esa O‘zbekiston hukumati hisobidan qoplanadi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid