O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltinning fizik hajmi rekord darajaga yetdi

Ketma-ket ikkinchi oy oltin narxining tushib borayotganiga qaramay, O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida oltinning fizik hajmi ortmoqda.
Oktyabr oyida zaxiradagi oltinning fizik hajmi 7,33 tonnaga ko‘payib, 1 noyabr holatiga ko‘ra 453,5 tonnaga yetgan. Bu yangi rekord hisoblanadi.
Umumiy zaxiradagi oltinning ulushi ham 91 foizga yetib, bu borada ham rekord qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 1 noyabr holatiga mamlakatning xalqaro zaxiralari 63 mlrd 625 mln dollarni tashkil etmoqda. Shundan 58 mlrd dollari oltin hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



