O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan beri eng past darajaga tushdi

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 3 mlrd dollarga kamayib, 1 noyabr holatiga 63 mlrd 625 mln dollarni tashkil etdi. Bu yil boshidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.
Oy davomida zaxiralarning valyuta qismi 921 mln dollarga, oltin qismi esa 2 mlrd dollardan ko‘proqqa kamaygan. Pasayishga oltin narxining arzonlashgani asosiy sabab bo‘lgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi oy davomida bir troy untsiyasi uchun 4189 dollardan 3981 dollargacha pasaygan. Buning zaxiralar kamayishiga salbiy ta’siri 3 mlrd dollarni tashkil etgan.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



