Oktyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi tezlashdi

2026 yilning oktyabr oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdisiga oid 16 ming 893 ta bitim rasmiylashtirildi.
Bu eskrou tizimi joriy etilgandan keyingi davr uchun eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir.
Taqqoslash uchun, tizim joriy etilgan aprel oyida bitimlar soni 12 ming 797 tani tashkil etgandi.
Shunday qilib, oktyabr oyidagi bitimlar soni aprel oyiga nisbatan 4 ming 96 taga, sentyabr oyidagiga nisbatan esa 182 taga ko‘paygan.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



