Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Asosiy stavkani pasaytirish masalasi ham muhokama qilingan

1 daqiqa 15.2K
Ulashish
Asosiy stavkani pasaytirish masalasi ham muhokama qilingan

Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishida asosiy stavkani 14 foizdan 13,5 foizga tushirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bu haqda Markaziy bank raisining o‘rinbosari Nodirbek Ochilov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, inflyatsion kutilmalar, bazaviy inflyatsiya va valyuta bozorida ijobiy tendentsiyalar shakllana boshlagani stavkani pasaytirish uchun ayrim asoslarni yuzaga keltirmoqda.

Biroq ushbu tendentsiyalar bo‘yicha ishonch yanada kuchaysa, masala keyingi yig‘ilishlar kun tartibiga kiritilishi mumkin.

Hozircha 14 foizlik asosiy stavka mavjud inflyatsion xatarlarni hisobga olgan holda yetarli deb baholangan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid