Mixail Danilin Ipoteka bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Mixail Danilin uch yil muddatga Ipoteka bank boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U yangi lavozimda bankning IT bo‘limiga rahbarlik qiladi. Tegishli qaror 28 oktyabr kuni bank aktsiyadorlarining yig‘ilishida qabul qilingan.
Tayinlov Markaziy bank roziligi olingach rasman kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, Danilin Mixail Alekseyevich 1984 yilda Rossiyaning Moskva viloyatida tug‘ilgan.
2006 yilda Moskva davlat instrumentologiya va informatika universiteti, 2009 yilda esa Xalq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yilning avgust oyida Standard Bank tizimida loyiha menejeri sifatida boshlagan.
Keyingi 20 yil davomida mamlakatdagi bir qator banklarda, asosan, mahsulotlar va tranzaksion xizmatlarni rivojlantirishda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2025 yilning sentyabr oyiga kelib Ipoteka bank OTP guruhida ishlay boshlagan. Tayinlovgacha mazkur bankning Raqamli texnologiyalar direktsiyasi direktori edi.
Yana o‘qing



Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi