Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Oktyabr oyida yillik inflyatsiya 6,5 foizni tashkil etdi

1 daqiqa 16.1K
Ulashish
Oktyabr oyida yillik inflyatsiya 6,5 foizni tashkil etdi

Milliy statistika qo‘mitasi oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha narxlar o‘zgarishini ma’lum qildi.

Qo‘mita kuzatuvlariga ko‘ra, ushbu oyda tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlagan. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga teng.

Yillik inflyatsiya esa 6,5 foizni tashkil etib, may oyidan keyingi oylarda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 7,8 foizga teng bo‘lgandi.

Oktyabr oyida narxlar oshishiga eng ko‘p oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar ta’sir ko‘rsatgan.

Ushbu oyda narxlar eng ko‘p Toshkent shahrida oshib, oylik inflyatsiya 0,9 foizni tashkil etgan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid