Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

O‘zbekiston avtomobil bozorining faolligi biroz pasaydi

1 daqiqa 16.1K
Ulashish
O‘zbekiston avtomobil bozorining faolligi biroz pasaydi

Joriy yilning oktyabr oyida avtomobil oldi-sotdisiga oid 16 ming 738 ta bitim rasmiylashtirildi.

Solishtirish uchun, sentyabr oyida bu ko‘rsatkich 17 948 tani tashkil etgandi.

Bu bir oyda bitimlar soni 1 ming 210 taga kamayganini ko‘rsatadi.

Eskrou tizimi joriy etilganidan buyon bitimlar soni oylar kesimida quyidagicha o‘zgargan:

🔵 Aprel — 18 960 ta
🔵 May — 16 584 ta
🔵 Iyun — 19 241 ta
🔵 Iyul — 18 306 ta
🔵 Avgust — 17 807 ta
🔵 Sentyabr — 17 948 ta
🔵 Oktyabr — 16 738 ta

Bundan ko‘rinadiki, tizim yo‘lga qo‘yilgach, iyun oyida eng yuqori natija qayd etilgan. Undan keyingi davrda esa asosan pasayish kuzatilgan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid