Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

1 daqiqa 5.9K
Ulashish
O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

Ipak Yo‘li Banki, Orient Finans Bank, Asia Alliance Bank hamda Hayot Bank tijorat banklariga islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Markaziy bank boshqaruvi ularga litsenziya berish bo‘yicha tegishli qarorni 18 noyabr kuni qabul qilgan.

Shu tariqa O‘zbekistonda islomiy bank litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari soni beshtaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni Openbank mamlakatda birinchi bo‘lib islomiy bank litsenziyasini olgandi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid