Asakabankka yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Asakabank boshqaruv raisi lavozimiga Irakliy Davidovich Elashvili tasdiqlandi.
Biroq uning nomzodi Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilgani yoki ma’qullangani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Bank matbuot xizmatining xabar berishicha, gruziyalik mutaxassis moliya-bank sohasida 20 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega.
U 2024 yil dekabridan 2026 yil sentyabrigacha Ipoteka bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, ungacha esa Hamkorbank kuzatuv kengashi a’zosi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Qudratilla To‘laganov 2023 yil fevralidan 2026 yil 13 fevraligacha Asakabank boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu kuni u Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlangach, bank rahbari lavozimi bo‘sh qolgan edi.
Yana o‘qing



Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi