Kredit olishga to‘sqinlik qiladigan «qora ro‘yxat» bormi?

Kredit axborot-tahliliy markazining tushuntirishicha, kredit byurolari tomonidan yuritiladigan alohida «qora ro‘yxat» mavjud emas.
Ushbu ibora kredit tarixida to‘lovlar kechiktirilgani, muddati o‘tgan qarzdorliklar va boshqa salbiy ma’lumotlar borligini ifodalash uchun norasmiy tarzda qo‘llanadi.
Byuroga ko‘ra, har bir bank yoki kredit tashkiloti mijozning kredit tarixi, daromadi, qarz yuki va ta’minotini o‘z mezonlari asosida baholaydi.
Kredit ajratish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qaror ham mustaqil tarzda qabul qilinadi.
Salbiy ma’lumotlarning kredit tarixida besh yil davomida saqlanishi ushbu davrda umuman kredit olib bo‘lmasligini anglatmaydi.
KATM kredit tarixi salbiy bo‘lgan mijozlarga ham qarz ajratish masalasi individual tartibda ko‘rib chiqilishini qayd etgan.
Yana o‘qing



