Endi fuqarolar kredit tarixini kimlar tekshirishi uchun ruxsat berganini kuzatishi mumkin

KATM kredit byurosi «Mening roziliklarim» xizmatini test rejimida ishga tushirdi.
Uning yordamida fuqarolar o‘z kredit tarixini tekshirish uchun qaysi bank yoki kredit tashkilotiga ruxsat berganini ko‘rishlari mumkin.
Shuningdek, berilgan roziliklarni boshqarish imkoniyati ham mavjud. Xizmat 15 noyabrdan ishga tushirilgan.
Unda faqat shu sanadan keyin berilgan roziliklar aks ettiriladi. Test davrida xizmatdan foydalanish bepul.
Yangi xizmatdan KATM mobil ilovasi yoki uning sayti orqali foydalanish mumkin.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



