To‘qqiz oyda ipoteka kreditlari bo‘yicha 1,2 trln so‘m subsidiya berildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida ipoteka kreditlari bo‘yicha jami 1 trln 208 mlrd so‘m subsidiya to‘landi.
Shundan 800 mlrd so‘mi ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirilgan.
Qolgan 408 mlrd so‘mi (34 foizi) esa 13 ming 722 nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal to‘lovi sifatida to‘lab berilgan.
Bunda har bir fuqaroga o‘rtacha qariyb 30 mln so‘mdan subsidiya to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, ushbu to‘qqiz oylik davrda 67 ming 598 nafar fuqaroga uy-joy xaridi uchun jami 20,9 trln so‘m ipoteka krediti ajratilgan.
Bundan ko‘rinadiki, boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya olgan fuqarolar soni ipoteka krediti olgan fuqarolar umumiy sonining qariyb beshdan bir qismini tashkil etgan.
Yana o‘qing



