Kredit reklamasida qarzni qaytarmaslik xavflari haqida ogohlantirish talabi joriy etildi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish berish majburiy etib belgilanmoqda.
Bu haqda Reklama to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan. Yangi talab 2027 yil 10 fevraldan kuchga kiradi.
Yangi tartibga ko‘ra, kredit va mikroqarz reklamalarda qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish berish majburiy bo‘ladi.
Bunda ogohlantirish reklamaning asosiy maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallashi kerak.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



