Markaziy bank bankomatda pul berilmagan holatlarni xolis tekshirishni talab qildi

Markaziy bank 30 oktyabr kuni tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga bankomatda pul yechilgan, ammo mijozga naqd pul berilmagan holatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha xat yubordi.
Xatda aytilishicha, operatsiya tizimda «muvaffaqiyatli» deb qayd etilgani mijozga haqiqatda pul berilganini anglatmaydi.
Bunday holatlar elektron jurnallar, texnik ma’lumotlar, bankomatdagi pul qoldig‘i va videoyozuvlar asosida xolis tekshirilishi kerak.
Agar pul mijozga berilmagani aniqlansa, bank yoki to‘lov tashkiloti uning mablag‘ini qaytarishi shart. Bunda xizmat ko‘rsatuvchining o‘zi yo‘l qo‘ygan xatolar uchun mijoz javobgar bo‘lmaydi.
Markaziy bank talablar buzilgan holatlarda bank va to‘lov tashkilotlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llanilishini bildirgan.
Yana o‘qing



Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi