Marton Ratki Ipoteka bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Ipoteka bank aktsiyadorlarining tegishli qarori bilan Marton Ratki uch yil muddatga bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
U yangi lavozimda Strategiya va moliya blokiga rahbarlik qiladi. Tayinlov Markaziy bank roziligi olingach, rasman kuchga kiradi.
Marton Ratki bungacha 2024 yilning aprel oyidan buyon ushbu bankning Moliyaviy hisobot direktsiyasini boshqarib kelayotgan edi.
U 1996 yilda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida tug‘ilgan.
Vengriyaning Korvinus davlat iqtisodiyot fanlari universitetining bakalavriat (2019) va magistratura (2022) bosqichlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2018 yilning sentyabr oyida OTP Bank (Vengriya) guruhida Strategik rejalashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida boshlagan.
Keyinchalik guruhning Albaniyadagi bankida moliyaviy tahlilchi bo‘lib ishlagan. Undan keyingi mehnat faoliyatini esa Ipoteka bank OTP guruhida davom ettirmoqda.
Yana o‘qing



Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi