Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Olga Numanova Apex Bank boshqaruvidan ketdi

1 daqiqa 19K
Ulashish
Olga Numanova Apex Bank boshqaruvidan ketdi

2025 yilning dekabr oyidan buyon Apex Bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Olga Numanova lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Sharof Ikramovning ham vakolatlari tugatilgan. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Portalga joylashtirilgan axborotga ko‘ra, bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarish amaldagi rais o‘rinbosari Sherzod Madjitovga (rasmda o‘ngda) yuklatilgan.

Ma’lumot uchun, Madjitov 1988 yilda tug‘ilgan bo‘lib, bank tizimida 17 yildan ortiq tajribaga ega.

Mehnat faoliyati davomida SQB, Asia Alliance Bank hamda Mikrokreditbankda turli, jumladan, rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid