Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Oltin quyma narxlari yil boshidan beri eng past darajaga tushdi

1 daqiqa 6.5K
Ulashish
Oltin quyma narxlari yil boshidan beri eng past darajaga tushdi

O‘zbekiston Markaziy banki 19 noyabr kuni uchun o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasining sotuv narxi 8 mln 917 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Bu yil boshidan buyon, aniqrog‘i 9 yanvardan keyin kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Taqqoslash uchun, joriy yilning 3 mart sanasida 5 grammlik quyma narxi 10 mln 864 ming so‘mga yetib, rekord o‘rnatilgan edi.

O‘shandan beri narxlar 18 foizga arzonlagan, biroq o‘tgan yilning 19 noyabridagi narxga nisbatan 10 foizga yuqori bo‘lib turibdi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid