O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda bankomatlarni mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonga 9 mingta bankomat import qilinib, buning uchun 50 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.
Savdo va ko‘ngilochar majmualar hamda yangi uy-joy massivlari ko‘payishi bilan bankomatlarga bo‘lgan talab yanada ortishi kutilmoqda.
Shu sababli ularni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish uchun texnologiyalar va investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganish topshirildi.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



BANKIR
Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi