Yangi uy sotib oluvchilar mablag‘lari himoyasi kuchaytirilmoqda

10 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.
Yangi tartib xaridorlar mablag‘larini himoya qilish, bir xonadonning bir necha kishiga sotilishining oldini olish va quruvchilar faoliyatining shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, fuqarolarning xonadon uchun to‘lagan pullari quruvchiga berilmaydi, balki banklarda ochiladigan eskrou hisobvaraqlarida saqlanadi.
Pul qurilish yakunlanib, uy foydalanishga topshirilgandan keyingina quruvchiga o‘tkaziladi.
Qonun Senat tomonidan ma’qullanib, prezident imzolaganidan so‘ng belgilangan muddatda kuchga kiradi.
Yana o‘qing



Banklar ortiqcha undirgan foiz va jarimalarni qaytarib beradi