Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

O‘zbekistonda Market Yandex Go faoliyatini to‘xtatmoqda

1 daqiqa 15.5K
Ulashish
O‘zbekistonda Market Yandex Go faoliyatini to‘xtatmoqda

Yandex Go ilovasining Market bo‘limi 10 noyabrdan boshlab buyurtmalar qabul qilishni to‘xtatadi.

Mazkur loyiha 2025 yilning aprel oyida ishga tushirilgan bo‘lib, bozorda bir yarim yil faoliyat yuritdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 noyabrgacha rasmiylashtirilgan barcha buyurtmalar o‘z egalariga yetkazib beriladi.

Buyurtmalarni topshirish punktlari va qo‘llab-quvvatlash xizmati barcha buyurtmalar topshirilib, zarur qaytarishlar amalga oshirilguncha odatdagi tartibda ishlashi aytilgan.

Xabar berilishicha, kompaniya endilikda tezkor yetkazib berishga ixtisoslashgan Do‘konlar va Lavka xizmatlarini yanada rivojlantirmoqchi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid