United Airlines O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganmoqda

Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘istonga parvozlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini o‘rganmoqda.
Bu haqda aviakompaniya bosh direktori Skott Kirbi ma’lum qildi. Uning aytishicha, aviakompaniya vakillari joriy yilda ushbu mamlakatlarga tashrif buyurib, bozorni o‘rgangan.
Kirbining ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda Rossiya havo hududidan foydalana olmaslik ushbu rejalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shunga qaramay, kompaniya bu yo‘nalishlarning kelajakdagi istiqbolini o‘rganib chiqmoqda.
Skott Kirbining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yangi yo‘nalishlarni sinab ko‘rishdan cho‘chimaydi. Agar ular kutilgan natijani bermasa, resurslar boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi.
Yana o‘qing



