Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Uy-joy xaridi uchun to‘qqiz oyda qariyb 21 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi

1 daqiqa 16.5K
Ulashish
Uy-joy xaridi uchun to‘qqiz oyda qariyb 21 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi

2026 yilning dastlabki to‘qqiz oyida ipoteka dasturi doirasida 67 ming 598 nafar fuqaroga jami 20,9 trln so‘mlik kredit ajratildi.

Bu joriy yil uchun belgilangan rejaning 91 foizini tashkil etadi. Kredit olgan har bir fuqaroga o‘rtacha 309 mln so‘mdan mablag‘ to‘g‘ri kelgan.

Ajratilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 trln so‘mga yoki 39 foizga oshgan.

Ularning 12,8 trln so‘mi davlat byudjeti, 6,1 trln so‘mi banklar va 2 trln so‘mi O‘zIQMK mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Kreditlarning asosiy qismi birlamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan.

Xususan, yangi qurilgan uy-joylarni sotib olish uchun 15,5 trln so‘m, ikkilamchi bozordan xarid qilish uchun esa 5,2 trln so‘m kredit ajratilgan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid