Yandeks yil oxirigacha Toshkentda robotlar orqali yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Yandex Uzbekistan ekotizimi joriy yil oxirigacha Toshkentda Yandex Lavka buyurtmalarini robotlar yordamida yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Bu haqda kompaniya rahbari Izzat Shukurov ma’lum qildi.
Yil oxirigacha yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga umid qilyapmiz. Hozirda yetkazib beruvchi robotlar zarur sinov bosqichlaridan o‘tmoqda — dedi u.
Robotlar ikki kilometrgacha bo‘lgan masofaga yetkazib berishga mo‘ljallangan bo‘lib, piyodalar tezligida harakatlanadi.
Ular yo‘ldagi to‘siqlarni mustaqil ravishda aniqlab, aylanib o‘ta oladi. Nostandart vaziyatlarda esa masofaviy operator yordamiga murojaat qiladi.
Kompaniya tajriba loyihasi natijalariga qarab, robotlar orqali yetkazib berish xizmatini boshqa servislarga ham joriy etishni rejalashtirmoqda.
Yana o‘qing



