Endi ish haqini istalgan bank kartasiga olish mumkin

Markaziy bank ish haqi to‘lovlari bo‘yicha yangi imkoniyat yaratdi.
Endilikda xodimlar ish haqi va boshqa to‘lovlarni ish beruvchining bankidan qat’i nazar, o‘zlari tanlagan bank kartasiga olishlari mumkin.
Avval buning uchun xodim ish beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan alohida karta ochishi kerak edi.
Endi esa o‘zining mavjud kartasidan foydalansa bo‘ladi. Buning uchun karta rekvizitlarini ish beruvchining buxgalteriyasiga taqdim etish kifoya.
Xodim keyinchalik boshqa bank kartasini tanlashi yoki to‘lov rekvizitlarini o‘zgartirishi ham mumkin. Bunda karta yoki elektron hamyon uning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Dastlabki bosqichda bu imkoniyat xususiy sektor tashkilotlari va ularning xodimlari uchun amal qiladi.
Yana o‘qing



