Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Yangi Bankning bosh ofisi 111 mlrd so‘mga sotildi

1 daqiqa 7.6K
Ulashish
Yangi Bankning bosh ofisi 111 mlrd so‘mga sotildi

Joriy yilning yanvar oyida litsenziyasi bekor qilingan Yangi Bankning Toshkent shahridagi bosh ofis binosi 111 mlrd so‘mga sotildi.

9 noyabr kuni o‘tkazilgan onlayn auktsionda Kapital Loyihalar Guruhi MCHJ g‘olib deb topildi.

Obekt dastlab 163 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda sotuvga chiqarilgan edi.

Keyingi savdolarda uning boshlang‘ich narxi olti marta pasaytirilib, 106 mlrd so‘mda sotuvga qo‘yilgandi.

Yakuniy taklif esa ushbu summadan qariyb 32 foizga past bo‘ldi. Ma’lumot uchun, xaridor kompaniya 2026 yil 3 aprelda tashkil etilgan.

Uning ta’sischilari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bo‘lib, ularning har biri kompaniyaning 50 foiz ulushiga egalik qiladi.

E’tiborli jihati, kompaniyaning yuridik manzili ham sotib olingan bino joylashgan manzilda (Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 99-uy) ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid