HUMO O‘zbekistondagi mijozlari uchun Apple Pay xizmati ishga tushirilganini e’lon qiladi

Ushbu material reklama huquqlari asosida e’lon qilingan. Tahririyat fikri bilan mos kelmasligi mumkin.
HUMO milliy to‘lov tizimi O‘zbekistondagi mijozlari uchun Apple Pay xizmatini ishga tushirmoqda. Ushbu xizmatdan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan birinchi bank — Octobank bo‘ldi.
Qanday ulash mumkin:
◽️iPhone qurilmangizni iOS 27 yoki undan yuqori versiyagacha yangilang.
◽️Apple Wallet ilovasini oching va «+» belgisini bosing.
◽️Ko‘rsatmalarga amal qilgan holda Octobank tomonidan chiqarilgan HUMO kartasini qo‘shing.
Do‘konda xarid uchun to‘lovni amalga oshirishda iPhone’ning yon tugmasini ikki marta bosish, Face ID, Touch ID yoki parol orqali operatsiyani tasdiqlash va qurilmani to‘lov terminaliga yaqinlashtirish kifoya. Apple Pay xizmatidan iPhone, iPad va Mac qurilmalari orqali onlayn xaridlar uchun ham foydalanish mumkin.
Bunda bank kartasining haqiqiy raqami sotuvchiga uzatilmaydi — uning o‘rniga maxsus raqamli identifikatordan foydalaniladi.
Xizmatni Apple Wallet ilovasi orqali ulash mumkin.
Batafsil
Yana o‘qing



