Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Omonat stavkalari kredit stavkalaridan tezroq pasaymoqda

1 daqiqa 17.3K
Ulashish
Omonat stavkalari kredit stavkalaridan tezroq pasaymoqda

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida so‘mdagi kreditlarning o‘rtacha nominal stavkasi 20,4 foizni tashkil etgan.

Solishtirish uchun, o‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 21 foiz edi. Pasayish — 0,6 foiz band.

So‘mdagi depozitlarning o‘rtacha stavkasi bu davrda 2,6 foiz bandga pasayib, 17,2 foizni tashkil etgan.

Shunday qilib, yillik hisobda depozit stavkalari kredit stavkalariga qaraganda ancha tez pasaygan.

Hozirgi ko‘rsatkichlarda so‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka depozitlarnikidan 3,2 foiz bandga yuqori bo‘lib turibdi.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid