Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

So‘mdagi omonatlarning nominal stavkasi pasaymoqda

1 daqiqa 17.1K
Ulashish
So‘mdagi omonatlarning nominal stavkasi pasaymoqda

Joriy yilning sentyabr oyida milliy valyutadagi muddatli depozitlarning o‘rtacha nominal foiz stavkasi 17,2 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 19,3 foiz edi.

Nominal stavka pasayganiga qaramay, iqtisodiyotda inflyatsiyaning barqarorlashgani hisobiga depozitlarning real stavkasi oshgan.

Xususan, aholining so‘mdagi depozitlari bo‘yicha real stavka 8,9 foizga teng bo‘lgan. O‘tgan yilning sentyabrida bu ko‘rsatkich 8,3 foiz edi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning sentyabr oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, joriy davrda bu 6,4 foizni tashkil etdi.

Avvalroq, banklar taklif etayotgan so‘mdagi eng daromadli omonatlar haqida ma’lumot bergandik.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid