Omonatlar o‘sishida qaysi banklar yetakchi?

2026 yilning 9 oyida O‘zbekiston banklaridagi depozitlar hajmi 83,8 trln so‘mga ko‘payib, 501 trln so‘mdan oshdi.
Bankers.uz tahliliga ko‘ra, eng yuqori o‘sishni «Agrobank» qayd etdi — yil boshidan bankdagi depozitlar 11 trln so‘mga oshgan.
Keyingi o‘rinlarda «Ipak yo‘li bank» (+8,5 trln) va «Milliy bank» (+8,4 trln) joylashgan.
Aholi omonatlari o‘sishida ham «Agrobank» katta farq bilan yetakchilik qilmoqda.
Yil boshidan beri bankda jismoniy shaxslarning omonatlari 8,6 trln so‘mga ko‘payib, 24,6 trln so‘mga yetgan.
Taqqoslash uchun, «Kapitalbank»da ushbu o‘sish 3,9 trln so‘mni, «Milliy bank»da 3,3 trln so‘mni tashkil etgan.
1 oktyabr holatiga aholi omonatlari hajmi bo‘yicha yetakchilar:
— Kapitalbank — 30 trln so‘m;
— Agrobank — 24,6 trln so‘m;
— Milliy bank — 20 trln so‘m;
— SQB — 12,6 trln so‘m.
Yana o‘qing



