Asosiy mazmunga o‘tish
…
BANKIR
DolzarbDollar kursiBanklarFintexIqtisodiyotBiznesKredit kalkulyatori

Paynet aktsiyadorlariga 238 mlrd so‘mdan ortiq dividend to‘laydi

1 daqiqa 15.7K
Ulashish
Paynet aktsiyadorlariga 238 mlrd so‘mdan ortiq dividend to‘laydi

Paynet birinchi yarim yillikda olgan sof foydasining 238 mlrd so‘mini dividend to‘lashga yo‘naltiradi.

Tegishli qaror 3 noyabr kuni kompaniya aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, Paynet hozirda to‘lov tashkilotlari ichida tushum va sof foyda jihatidan yetakchi hisoblanadi.

Paynet joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida 780 mlrd so‘m sof foyda ko‘rib, bu borada mavjud 34 ta bankdan 27 tasidan yuqori natija qayd etgandi.

III chorak yakuni bo‘yicha kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi 556 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →

Yana o‘qing

Mavzuga oid