SQB aktsiyalarini IPO orqali fond bozoriga chiqarish rejalashtirilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank aktsiyalarini 2027–2028 yillarda birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali fond bozoriga chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
SQB bilan bir qatorda Uzbekistan Airways, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari, O‘zbekgidroenergo va O‘zbektelekom aktsiyalarini ham fond bozoriga chiqarish ko‘zda tutilgan.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, hozirda ushbu tashkilotlarni transformatsiya qilish va xalqaro kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu xabar ilk bor Bankir Telegram kanalida e’lon qilingan.Telegram’da ochish →
Yana o‘qing



